"Qizilqum"da yana yangi legioner! Bu safar Estoniya terma jamoasining sobiq futbolchisi qo‘shildi

  • 20.02.2022 12:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan “Qizilqum” jamoasi safiga yangi legionerlar qo‘shilishda davom etmoqda.

Avvalroq, argentinalik Gonsalo Ritakko navoiyliklar jamoasida shug‘ullanayotgani haqida xabar bergandik. Kuni kecha yana bir legioner taklif qilindi.

artyom3_2

Bu estoniyalik 1988 yilda tug‘ilgan Artyom Dmitriev bo‘lib, yarim himoya pozitsiyasida to‘p suradi. Futbolchi Estoniya chempionatida TFMK, “Trans”, “Flora”, “Levadiya”, “Kalev”, “Infonet” va “Nimme Kalyu” klublarida to‘p surgan. Qolaversa, Litvaning “Vetra” hamda “Kruoya”, shuningdek, Belgiyada “Antverpen” bilan “Tyurnxaut” jamoalari sharafini ham himoya qilgan. O‘z vaqtida Finlyandiyaning “Laxti” klubi uchun ham to‘p surgan. Oxirgi uch yilni esa Qozog‘istonda o‘tkazdi. “Okjetpes” hamda “Jetisu” klublarida faoliyat olib bordi. Dmitriev 2015-2019 yillar mobaynida Estoniya terma jamoasida 24 ta o‘yinda maydonga tushgan.

“Qizilqum” klubi kecha Qozog‘istonning “Turon” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘ktazdi. Ushbu bahsda murabbiylar Dmitrievni ham asosiy tarkibda maydonga tushirishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!