
"Qizilqum"da yangi bosh murabbiy ishlashi aniq!
Ma’lumki, yangi mavsum navoiyliklar uchun yaxshi boshlanmadi. O‘z uyida ketma-ket ikki marta “Nasaf” hamda “Surxon”ga yutqazdi va safarda “Mash’al” bilan durang natijani qayd etdi. Buning oqibatida muxlislar tomonidan tanqidlar paydo bo‘lgandi.
Endilikda “Qizilqum” jamoasida yangi bosh murabbiy faoliyat olib borishi oydinlashdi. Faqat hozircha uning kimligi oshkor etilmayapti. Ma’lumki, bunga qadar bir qator mutaxassislarning nomzodlari bosh murabbiylikka ilgari surilgandi. Oxirgi paytlarda esa asosan ikki nafar mutaxassis “Qizilqum” bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida e’tirof etilmoqdalar. Bular – “Andijon” bilan xayrlashgan Aleksandr Xomyakov, ikkinchisi rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov. Ayni paytda yurtimizda koronavirus pandemiyasi tufayli chempionat o‘yinlari to‘xtatilgan. Qachonki, vaziyat barqarorlashib, hammasi iziga tushganida klub yangi bosh murabbiy nomini e’lon qilishi kutilmoqda.
Bungacha jamoada ushbu lavozimda ishlagan Hamidjon Aktamovning esa klub tizimida qolishi ham ehtimoldan holi emas. Shunday ekan, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar