
"Qizilqum"ning OKMKga qarshi nazorat o‘yinida 4 ta gol urildi
O‘tgan safar “Paxtakor”ga qarshi nazorat uchrashuvida 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergan “Qizilqum” jamoasi bu gal Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK bilan nazorat uchrashuvida bellashdi. Hujumkor ruhda o‘tgan uchrashuvda tomonlar 2:2 hisobida durang o‘ynadilar.
“Qizilqum”ning boshlang‘ich tarkibi: Javohir Ilyosov, Sherali Jo‘raev, Nikolay Tarasov, Baxtiyor Gurgenov, Jo‘rabek Mannonov, Giorgiy Kuxianidze, Alisher Sanoev, Ifeani Ifeanyi, Islom Kenjaboev, Akaki Shulaya, Marko Simonovski.
Gollar: Sanjar Tursunov, 38 – 1:0. Marko Simonovski, 67 – 1:1. Sanjar Tursunov, 70-pen. – 2:1. Baxtiyor Gurgenov, 73 – 2:2.
Fikrlar