
"Qizilqum"ning serbiyalik bosh murabbiyi "Surxon"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng faqatgina 3 ta gap aytdi
O‘zbekiston Superligasi 23-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Qizilqum" (2:0) bellashuvida termizliklar sensatsion tarzda g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "oltin izlovchilar"ning serbiyalik bosh murabbiyi Nikola Lazarevich juda qisqa fikr bildirdi:
"Avvalo, "Surxon" futbolchilarini g‘alaba bilan tabriklayman. Afsuski, bugun "Surxon"ga o‘yinni boy berdik. Katta rahmat".
"Qizilqum" klubi matbuot xizmati
Fikrlar