
"Qizilqum"ning serbiyalik legioneri jamoadan nega ketmoqchi? Unga Saudiya Arabistonidan ham taklif bor! (Intervyu)
"Qizilqum" legioneri Aleksandr Stanisavlevich jamoadan ketishi haqida xabarlar tarqaldi. SPORTS.uz sayti jurnalisti Shohrux Zoirov ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida futbolchining o‘zi bilan bog‘landi va shu kabi qiziqarli mavzularda suhbat uyushtirdi.
- Xayrli kun, Aleksandr! Biz sizning "Qizilqum"dan ketmoqchi ekaningiz va ayrim jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazayotganingiz haqida ma’lumotlar oldik. Shu haqda nimalar deya olasiz?
- Ha, ko‘p klublar bilan muloqotda bo‘lib turibman. Ammo hali yakuniy qarorga kelganimcha yo‘q. "Nasaf" va "Surxon"dan tashqari yana takliflar kelib tushmoqda. Tez orada bir xulosaga kelaman.
- Nima uchun hozirgi jamoangizni tark etmoqchisiz? Moliyaviy muammolar borligi qanchalik haqiqat?
- Men o‘z oldimga katta maqsadlar qo‘yganman. Halqaro musobaqada, xususan, OChLda ishtirok etadigan klub safida to‘p tepmoqchiman.
Moliyaviy masalaga keladigan bo‘lsak, menda bu borada muammo yo‘q. Maoshimni o‘z vaqtida oldim. Pul uchun jamoani tark etmoqchi emasman. Boshqa maqsadlar sababli shu qarorga keldim.
- Xorijdan ham takliflar kelib tushyaptimi?
- Saudiya Arabistonidan qiziqish bo‘lganini aytishdi. Biroq men O‘zbekistonda qolmoqchiman. Kelasi mavsum ham Superligada to‘p tepishni rejalashtirganman.
- "Nasaf" bosh murabbiyi bilan telefonda gaplashganingiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qanday izoh bera olasiz?
- Bu haqda hozir batafsil gapirmoqchi emasman. Shuni aytishim mumkinki, rostan "Nasaf"dagilar menga aloqaga chiqishdi.
- Tushunimizga qaraganda, siz "Surxon" bilan shartnoma imzolamaysiz. Sababi, klub halqaro musobaqalarda ishtirok etmaydi...
- Balki shundaydir. Shunga qaramay, vaziyat tubdan o‘zgarib, mazkur variantni tanlashim ham mumkin. Ochig‘i, hali hech narsa aniq emas. Hozirda kelasi mavsumga tayyorgarlik olib bormoqdaman. Shuningdek, oilam davrasida hordiq olyapman.
- Tushunarli! Vaqt ajratib, javob berganingiz uchun rahmat! Kelgusi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!!!
- Sizga ham rahmat! Salomat bo‘ling!!!
Shohrux Zoirov suhbatlashdi.
Fikrlar