"Qo‘qon-1912": Birinchi davra yakunlari. Darvozabonlar haqida

  • 22 iyul, 2017, 10:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

"Qo‘qon-1912" jamoasi birinchi davra yakunlariga doir ma’lumotlarni taqdim etishda davom etmoqda. Bugun klub darvozabonlarining birinchi davradagi ishtiroklari xususida to‘xtalib o‘tildi.

“Qo‘qon-1912” darvozasini dastlabki davrada uch nafar darvozabon qo‘riqladi. Tajribali Aziz Ashurov 7 ta bahsda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 6 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Muzaffar Abdullaev va Nikita Ribkin esa 4 tadan uchrashuvda maydonga tushishdi. Nikita Ribkin ham o‘z darvozasidan oltita to‘p olib chiqqan. Muzaffar Abdullaevning ko‘rsatkichi esa – to‘rtta.

Birinchi davrada "Qo‘qon-1912" darvozasi tomon uchta penalti belgilandi. Qizig‘i qo‘qonliklar darvozasiga birinchi davrada belgilangan uchala penalti ham Ribkin maydonga tushgan o‘yinlarda kuzatildi. Ularning bittasini Nikita qaytarishga erishdi.

Mavsumning birinchi qismida Aziz Ashurov 105 daqiqa o‘z darvozasi daxlsizligini ta’minlay olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!