"Qo‘qon-1912" derbi oldidan nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi

  • 24 fevral, 2022, 19:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavumga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini Qo‘qonda o‘tkazayotgan "shunqorlar" bugun nazorat o‘yinida maydonga tushishdi.

Tecno

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari "Neftchi" jamoasi bilan bo‘ladigan "derbi"dan oldidan so‘nggi nazorat bahsida Oltiariqning "Do‘stlik" jamoasi bilan kuch sinashdi.

Murabbiylar shtabi bu o‘yinda asosiy tarkibning deyarli barcha futbolchilarini navbati bilan maydonga tushirdi. Oltiariqlik futbolchilar ham tajribali futbolchilarga qarshi yaxshi qarshilik ko‘rsatdi.

Qiziqarli o‘tgan o‘yin 2-0 hisobidagi Qo‘qonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi gollarni Sardor Azimov hamda Diyorbek Jaloldinovlar kiritdi.

Manba: "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!