"Qo‘qon-1912": Jamoani hech kim rasman tark etmagan va biron futbolchi qo‘shilmagan

  • 09.07.2019 15:19
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Superligada birinchi davra yakunlanib jamoalar tanaffusga chiqishgan. “Qo‘qon-1912” jamoasi murabbiylari ham jamoaning ayrim etakchi futbolchilariga liga kubogi o‘yinlaridan oldin dam olish imkonini berishgan edi. “Buxoro” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng esa jamoaning barcha a’zolariga qisqa muddatli ta’til berilgan. Futbolchilar 10 iyul kuniga qadar dam olishadi. 10 iyul kuni barcha futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Toshkent shahrida yig‘ilishadi. 11 iyuldan esa mashg‘ulotlar boshlanadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Aziz To‘xtaboev shogirdlari 2-davraga tayyorgarlikni Chirchiq shahrida olib borishadi. Chirchiq yig‘ini mobaynida tarkibga bir nechta futbolchilar kelib ko‘rikdan o‘tishlari kutilmoqda. Hozirgi kunda jamoani hech kim rasman tark etmagan va biron futbolchi qo‘shilmagan. O‘quv-yig‘inlar mobaynida nazorat uchrashuvlari ham o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!