"Qo‘qon-1912" o‘rtoqlik bahsida g‘alabaga erishdi
Superligaga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi bugun Uchko‘prikdagi "Markaziy" stadionda Farg‘onaning "FarDU" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu bahsda qo‘qonliklar tarkibida ko‘plab ko‘rikdagi futbolchilar ishtirok etishdi. Bahs 3:2 hisobida "Qo‘qon-1912"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
"Qo‘qon-1912" - "FarDU" - 3:2
Gollar: Shahzod Beshimov dubl, Zafar Hakimov - Ahror O‘ktamov, Dostonbek Rashidov.
Fikrlar