
"Qo‘qon-1912" Osiyo chempionini o‘z safiga qo‘shib oldi
Shahzod Akramov - "Qo‘qon-1912" futbolchisi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi mavsum oldidan "Qo‘qon-1912" jamoasi yana bir ajoyib transferni amalga oshirdi. U-20 Osiyo chempioni, o‘tgan mavsum "Nasaf" bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan Shahzod Akramov yangi mavsumda "Qo‘qon-1912" jamoasida boshlaydi. 20 yoshli futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolandi.
Shuningdek, yarim himoyachi "Olimpik" va O‘zbekistonning turli yosh terma jamoalari safida harakat qilgan.
Fikrlar