
"Qo‘qon-1912" o‘z uyida "Surxon"ga qachon yutqazganini bilasizmi?
Coca Cola Superligasi 20-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Surxon” uchrashuvi ertaga Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 23 marta to‘qnash kelishgan.“Surxon” o‘yinlarning 10 tasida zafar quchgan, 11 ta bahsda vakillarimiz qo‘li baland kelgan. Ikkita uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 36-34 jamoamiz foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Surxon” 32 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 35 tani tashkil etadi.
Jamoalarning o‘zaro o‘tkazgan barcha uchrashuvlari:
06.05.2022 “Surxon” – “Qo‘qon-1912” - 1:0
25.08.2021 “Qo‘qon-1912” – “Surxon” – 2:0
20.03.2021. Surxon – Qo‘qon-1912 – 1:1
19.10.2020. Surxon – Qo‘qon-1912 – 0:1
25.06.2020. Qo‘qon-1912 – Surxon – 3:0
17.08.2019. Qo‘qon-1912 – Surxon – 2:1
25.05.2019. Surxon – Qo‘qon-1912 – 2:1
27.10.2003 Qo‘qon 1912 – Surxon – 4:1
23.03.2003 Surxon – Qo‘qon 1912 – 2:1
11.08.2002 Surxon – Qo‘qon 1912 – 3:1
22.06.2002 Qo‘qon 1912 – Surxon – 3:1
27.09.2000 Temiryo‘lchi – Surxon – 2:3
22.04.2000 Surxon – Temiryo‘lchi – 1:0
21.08.1999 Temiryo‘lchi – Surxon – 0:5
01.06.1999 Surxon – Temiryo‘lchi – 2:3
19.08.1998 Temiryo‘lchi – Surxon – 3:2
13.06.1998 Surxon – Temiryo‘lchi – 0:2
05.08.1995 ASK – Temiryo‘lchi – 3:1
25.06.1995 Temiryo‘lchi – ASK – 0:2
06.11.1994 ASK – Temiryo‘lchi – 3:1
24.04.1994 Temiryo‘lchi – ASK – 2:0
03.10.1992 Surxon – Temiryo‘lchi – 1:1
07.05.1992 Temiryo‘lchi – Surxon – 2:0
Fakt: Ushbu jamoalarning 1992 yili Termizda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida durang natija qayd etilgan. Ikkinchi durang natija esa oradan 29 yil o‘tgach, 2021 yilda qayd etildi.
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.
Fikrlar