"Qo‘qon-1912" serbiyalik himoyachisi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi

  • 25.12.2021 08:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Qo‘qon-1912" jamoasining  serbiyalik markaziy himoyachisi Ivan Yosovich yana ikki mavsumni Qo‘qonda o‘tkazadigan bo‘ldi.

Jamoa rahbariyati tajribali markaziy himoyachi bilan 2023 yilning so‘nggiga qadar shartnoma imzoladi.

ivan1_1

Ivan Yosovich o‘tgan 2021 yilgi futbol mavsumida himoyachi bo‘lishiga qaramasdan Superliga o‘yinlarida raqiblar darvozasini 5 marta, O‘zbekiston Kubogi bahslarida 1 marta ishg‘ol qilib jamoa to‘purariga aylandi. Shuningdek, Ivan 2 ta o‘yinda golli uzatmani amalga oshirgan.

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!