"Qo‘qon-1912" Toshkentdagi yig‘inda qaysi raqiblarga qarshi o‘ynaydi?

  • 10.02.2020 20:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasi Farg‘onada tashkil etilgan “Hokim Kubogi”dagi musobaqadan so‘ng endi oxirgi tayyorgarlik bosqichini o‘tkazish uchun yana bir bor Toshkentda yig‘inga kirishdilar.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘qonliklar poytaxtda 22 fevralga qadar shug‘ullanishadi. Shu vaqt davomida nazorat uchrashuvlari ham o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Jumladan, 14 fevralda Muborakning “Mash’al” klubi bilan kuch sinashsa, 17 fevral sanasida “So‘g‘diyona” qo‘qonliklarning raqibiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Qo‘qon-1912” jamoasi yangi mavsumning dastlabki uchrashuvini o‘z maydonida “Buxoro”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mirali Hcerali
10/02/2020 21:26
Кукон ютади