"Qo‘qon-1912" Zohid Abdullaev bilan xayrlashdi

  • 25.02.2020 08:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkentdagi yig‘inini yakunlab Qo‘qonga qaytgan jamoa a’zolari endilikda bor e’tiborini dastlabki turda “Buxoro”ga qarshi kechadigan uchrashuvga qaratishgan. “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov esa tarkibni deyarli 95 foizga aniqlashtirib olganini ma’lum qildi. Ammo jamoaga qo‘shilgan yangi o‘yinchilarning barchasi ham “Qo‘qon-1912”da qolgani yo‘q.

Bir necha yil davomida “Metallurg”da to‘p surgan hujumchi Zohid Abdullaev yangi mavsumga tayyorgarlikni qo‘qonliklar safida olib borayotgandi. Katta ehtimol bilan uning ham “Mavsum-2020”ni Ashurmatov qo‘li ostida o‘tkazishi kutilgandek edi, go‘yo. Ammo keyinchalik voqealar rivoji o‘zgarib ketdi. Chempionat boshlanishiga oz fursat qolganida futbolchi “Qo‘qon-1912”ni tark etgani ma’lum bo‘ldi. Hujumchining mavsumni qaysi jamoada boshlashi esa hozircha noma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!