"Qo‘qon-1912"ning etakchilaridan biri jarohatidan qutuldi, ertaga nazorat o‘yini bor

  • 15 fevral, 2022, 20:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov va Javohir Sidiqov bilan shartnoma imzolagan "Qo‘qon-1912" jamoasining Toshkent shahridagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari qizg‘in tarzda davom etmoqda.

Tecno

Klub matbuot xizmatining yozishicha, futbolchilar bugun kunning birinchi yarmida normativ testlarni topishirishdi. Kunning ikkinchi yarmida esa Toshkent viloyatida joylashgan "Do‘stlik" stadionida mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Jamoaning universal futbolchisi Oybek Rustamov jarohatidan qutulib asosiy tarkib mashg‘ulotlariga qo‘shilgani ma’lum bo‘ldi. Hujumchi Shahzodbek Nurmatov esa alohida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Ertaga "shunqorlar" nazorat o‘yinida maydonga tushishadi. Muborakning "Mash’al" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv "Do‘stlik" stadionida, soat 14:00 da boshlanadi.

"Qo‘qon-1912" muxlislari uchun quvonchli xabar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!