Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va hatto Turkmaniston klublari kelishi kutilayotgan Liga kubogi qachon start oladi? Turnir formati sizni hayron qoldirishi aniq!

  • 13 aprel, 2023, 13:40
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zPFL qo‘shni respublika klublarini ham qamrab olishi kutilayotgan Liga Kubogi musobaqasini o‘tkazishni rejalashtirgan. Ushbu turnir haqida esa, aytarli ma’lumot yo‘q. Shu bois, Professional futbol ligasiga murojaat etib, muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob oldik. Liga rasmiy vakili – Zohirjon Akramxonovning aytishicha, bu turnir tez orada juda katta masshtabdagi musobaqaga aylanib ketadi.

Tecno

kto34kot34

Musobaqa qachon start oladi? Uning o‘tkazilishi borasida qanday ishlar olib borilmoqda?

-  Avvalo, bu materialni tayyorlayotgan SPORTS.uz saytiga tashakkur. Musobaqani ishqibozlar uchun qanday ko‘rinishda bo‘lishini ma’lum qilsak bo‘ladi. Joriy mavsum uchun e’lon qilingan taqvimda, biz Liga Kubogi uchun bo‘sh kunlar qoldirganmiz. Ya’ni, turnirni qaysi kunlarda bo‘lib o‘tishini rejalashtirib bo‘ldik.

O‘zimizni klublardan tashqari, yana qanday jamoalarni musobaqada kutsak bo‘ladi?

-  Ayni damda, Tojikiston va Qirg‘iziston klublari bilan kelishuvga erishib bo‘ldik. Turkmaniston va Qozog‘iston jamoalari ham bu ro‘yxatdan o‘rin egallashi kutilmoqda. Ularga taklif kiritilgan. Katta ehtimol, 3 yo 4 klubi musobaqada ishtirok etishini taxmin qilyapmiz. Turnir biroz o‘zgacharoq tarzda o‘tadi. Liga formatida. Qo‘shnilarimiz, hududidan kelib chiqib, O‘zbekistonni o‘zi uchun eng yaqin bo‘lgan shahrida bahs olib borishi va ortiqcha muammosiz vataniga qaytib ketishini ta’minlaymiz. Masalan, Tojikistonning Surxandaryo viloyatiga yaqin jamoasi vohada, Toshkentga yaqinroq shahri vakili poytaxtda o‘yin o‘tkazadi. Har bir klub musobaqa davomida 6 ta o‘yinda ishtirok etadi. Ya’niy, 3 ta FIFA kunida 2 tadan 6 o‘yin.

Demak, turnirning geografik xaritasi butun O‘rta Osiyoni qamrab oladi?

-  Xuddi shunday. Barcha ishtirokchilar aniq bo‘lgach, ularni vakillarini Toshkentda yig‘ib, rasmiy ma’lumotni albatta taqdim etamiz. Bunday turnirni birinchi marotaba o‘tkazganimiz bois, hozircha hududlarga bo‘linishga to‘g‘ri keladi. Qirg‘iz Respublikasi vakillari Vodiyda tepishi normal qabul qilinadi. Biz, birinchi navbatda ortiqcha xarajat klublarni qiynab qo‘ymasligini reja qilganmiz. Keyingi mavsumlarda balki yanada takommilashtirilgan formatni taqdim etarmiz.

ozng323

Qozog‘iston klublari haqida gap ketar ekan,ular UEFA vakili ekanligi muammo tug‘dirmaydimi?

-  Yo‘q. Biz, FIFA kunlarida tashkil etganimiz bois, hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Hozir, 3 yo 4 Qozog‘iston vakili kelishini taxmin qilib turibmiz. Qolgan qo‘shnilarimizni asosiy ligasidagi barcha jamoasi ishtirok etmoqchi ekanligini e’lon qilgan. Biz nafaqat Superligamiz, balki Pro Ligamizdagi 3-4 jamoani ham bu musobaqada ishtirok etishiga ruxsat bermoqchimiz. Boshlab olishimiz kerak. OFKda musobaqalar ko‘payib ketgani bois, taqvimdan kelib chiqib qildik. Keyingi mavsumni uy-safar tizimida o‘tkazamiz. Hozircha, barcha o‘yinlar O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Jamoalar sonini hozir sizga aniq ayta olmayman. Yaqinda o‘zim Qozog‘istonda bo‘lib qaytdim. U erda, bizni ichki birinchiligmizni futbol muxlislari kuzatib borishini eshitib, xayron qoldim. Xursand bo‘ldim. U erdagi klublarni o‘zi bu tashabbus bilan chiqqani, ikki hissa yoqimli.

goalll2

O‘yinlar translyatsiyasi masalasi ko‘rib chiqildimi? Bu butun O‘rta Osiyo uchun efirga ketadigan mahsulot bo‘lishi aniq?

-  Albatta! Bu bu musobaqaga bo‘lgan qiziqish juda katta. Shu bois, translyatsiya qilinishi aniq. Nasib qilsa, rejalarimiz katta. Hozircha, bundan ortiq ma’lumotni bera olmayman. Barchasi, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan turnir ishtirokchilari o‘rtasidagi yig‘ilishimizdan so‘ng, e’lon qilinadi.

P.S. Suhbatdan so‘ng, shuni angladim-ki, yaqin 3-4 yil ichida Liga Kubogi O‘zbekiston klublari uchun kichik o‘ziga hos xalqaro maydon darajasiga ko‘tarilishga qodir turnirga aylanadi. Yaxshi sparring raqiblar, zamonaviy format va yangi auditoriyaga ega bo‘lish imkoniyati. Menimcha, “Dordoy” – “Neftchi”, “Ordabasi” – OKMK, “Ahal” – “Nasaf”, “Paxtakor” – “Qayrat”, “Navbahor” – “Istiqlol” singari o‘yinlar afishasi sizni ham musobaqaga bo‘lgan e’tiboringizni oshirmay qolmaydi. Nima ham der edik. Liga Kubogini sabrsizlik bilan kutamiz.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ishoq Ruziev
14/04/2023 21:41
Biz bu musobaqani kutmoqdamiz