Qozog‘iston terma jamoasi murabbiyi ariza yozib, iste’foga chiqmoqchi

  • 8 sentabr, 10:58
  • Jahongir Inomjonov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Ali Aliev Belgiyadagi 0:6 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqmoqchi.

Qozog‘iston safarda JCh-2026 saralashida Belgiyadan yirik mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa ketma-ket 4 ta mag‘lubiyatni boshdan kechirdi, umumiy hisob 1:12.

Tecno

- Qisqacha aytmoqchiman. Sodir bo‘lgan barcha voqealar, bu mag‘lubiyat uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. Bu mening aybim. Bu erda futbolchilarning hech biri aybdor emas. Hammasini o‘z bo‘ynimga olaman.

Ariza yozib, iste’foga chiqaman. Kelishim bilanoq prezident va Qozog‘iston futbol federatsiyasi rahbariyatiga darhol xabar beraman, - dedi Aliev.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonliklar 5 o‘yindan so‘ng 3 ochko to‘plab, JCh saralashida J guruhida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
08/09/2025 11:46
Узбекистон билан уртоклик уйинигача турмабсанда,куркдингми?
&
Адхамжон Низомов
08/09/2025 11:45
Хайрият,олга козок кушнилар.