
Qozog‘iston U17 terma jamoasi Toshkentda O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Joriy yilning 8-11 iyun kunlari Qozog‘iston U17 terma jamoasi O‘zbekiston U17 terma jamoasiga qarshi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda Qozog‘iston futbol federatsiyasi matbuot xizmatiga tayanib Sports.kz xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, qo‘shni mamlakat terma jamoalari o‘rtasidagi har ikkala bahs Toshkentda o‘tkaziladi. Qozog‘iston U17 terma jamoasi poytaxtimizga 7 iyun kuni etib keladi.
Qozog‘iston U17 bosh murabbiyi Bauirjan Sagindik ushbu o‘rtoqlik bahslariga quyidagi futbolchilarni jalb qilgan:
Darvozabonlar: Maxmudjan Sungatullin («Jas Kiran»), Madiyar Toleubek («Aksu»), Tamerlan Janabergenov («Astana»);
Himoyachilar: Ruslan Valixan, Alixan Jeksenbek (ikkalasi — «Astana»), Rayimbek Kenesbekov, Akejan Kalikulov (ikkalasi — «Qayrat»), Xasen Arturuli, Margulan Amanturlin (ikkalasi — «Aktobe»), Artur Alginov («TSV Merbush», Germaniya), Chingiz Kaliev («San Xose», Ispaniya);
Yarim himoyachilar: Aliden Musaipov, Evgeniy Petrik, Abilay Toleuxan, Dastan Satpaev, Daulet Orynbasar, Tore Ismagulov (barchasi — «Qayrat»), Danial Nazarov («Astana»), Ernar Toygazi («Aksu»);
Hujumchilar: Erbol Kurmanaxan («Jetisu»), Bikjan Janaev («Aktobe»), Maksat Abraev, Alen Pak (ikkalasi — «Astana»), Ismail Bekbolat, Artur Trubin (ikkalasi — «Qayrat»).
Fikrlar