Qozog‘istonda jahon chempionati o‘tkaziladimi? FIFA prezidenti javob berdi

  • 4 may, 2023, 09:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA prezidenti Janni Infantino Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida mamlakatda jahon chempionati uchrashuvlarini o‘tkazish masalasi bo‘yicha berilgan savolga ham javob berdi.

Tecno

“Jahon chempionatini Qozog‘istonda o‘tkazish g‘oyasini ijobiy baholayman, balki bu hozircha yoshlar o‘rtasida bo‘lar. Menimcha, bu bo‘lishi mumkin, lekin buning uchun ishlash kerak. Biz jahon chempionatini mana shu vaqtda shu erda o‘tkazamiz, deb aniq ayta olmaymiz: buning uchun bizda va mamlakatda ma’lum strategiya bo‘lishi kerak, reja kerak. Qozog‘iston va qo‘shni davlatlarda buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bersak, buni amalga oshirsa bo‘ladi”, - dedi Infantino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!