
Qudratillo Abduqahhorov yangi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov Bob Arumga tegishli “Top Rank” promouterlik kompaniyasi bilan shartnomani bekor qilganligi va tez orada yangisi bilan hamkorlik qilishi kutilayotganligini ma’lum qilgan edik.
Kutilayotgan voqelik amalga oshdi. Ya’ni, boksimiz AQShda faoliyat yuritayotgan, professional boks olamida o‘z nomiga ega urugvaylik promouter Sampson Levkovich bilan hamkorlikni boshladi. Yanada aniqroq qilib aytsak, endi u “Sampson boxing” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
Hamyurtimiz endilikda Levkovich bilan jiddiy janglarda muvaffaqiyatlar qozonishiga tilakdoshmiz!
Fikrlar