Qudratillo qonga belagan raqib uzr so‘radi

  • 10 iyul, 2017, 00:01
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda hamyurtimizning ochkosi olib tashlangan bo‘lsa-da, Qudratillo o‘z ustunligini to‘la namoyish etdi. Hamyurtimizning kuchli zarbalari oqibatida raqibning peshonasi va qovog‘i yorildi. Mixaylenko jangni davom ettirishni ma’qul ko‘rdi. Biroq hamyurtimizning zarbalariga qarshilik qilolmadi. Uchrashuvda ochkolar hisobida zafar quchgan Qudratillo Abduqahhorov WBC Silver – kumush kamarini o‘zida saqlab qoldi. Dmitriy Mixaylenko esa faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini tan oldi.

Tecno
Professional boksning WBC Silver – kumush kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorov (12-0-0, 8 KO) 12-jangini Rossiyaning Ekaterinburg shahrida "Mexanik" laqabli mezbon bokschi Dmitriy Mixaylenkoga qarshi jang o‘tkazdi.

Jangdan so‘ng Qudratillo Abduqahhorov o‘z fikrlarini bildirdi:

- Raqibim juda kuchli bokschi va u birinchi raqamda ishlashini bilardim. Shuning uchun jangga puxta tayyorgarlik ko‘rdim. Murabbiylar tuzgan taktika bo‘yicha ishlab, g‘alabaga erishdim. Men O‘zbekistonni sevaman.

Dmitriy Mixaylenko ham o‘zbek bokschisining haqqoniy g‘alabasini tan oldi:

Bu jangga jamoam bilan juda yaxshi tayyorgarlik qilgandik. Hammasi ko‘ngildagidek bo‘lgandi. Jangda o‘z xatolarim evaziga yutqazdim va hamma aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Jamoamdagilardan uzr so‘rayman.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!