RAF: Arman Tsarukyan va Jorjio Pullas o‘rtasidagi revansh Hype ligasida o‘tkazilmaydi

  • 04.03.2026 12:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Real American Freestyle (RAF) promousheni muassisları Chad Bronstein va Izzi Martines grappling bo‘yicha Arman Tsarukyan hamda Jorjio Pullas o‘rtasidagi revanş Hype ligasida o‘tkazilmasligini ma’lum qildi.

"RAF 06 - bu yil yakkakurash sportidagi eng yorqin lahzalardan birini taqdim etdi. Endi hamma revanşni xohlayapti. Biroq ba’zi narsalar o‘zi boshlangan joyda qolishi kerak. Bu esa — RAF arenasi", — dedi Bronstein.

"Birinchi jangda ko‘rgan keskinlikni inobatga olsak, Arman va Jorjio o‘rtasidagi revanş muqarrar edi. Ularning hali tugallanmagan ishlari bor va ularga nuqta qo‘yish uchun Real American Freestyle gilamidan yaxshiroq joy yo‘q", — dedi Martines.

Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan va Pullas o‘rtasidagi birinchi bahs o‘zaro janjal tufayli bekor qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!