Rafael Fiziev Islam Maxachev va Arman Tsarukyan jangi uchun noodatiy prognoz berdi

  • 28.11.2024 12:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonlik UFC jangchisi Rafael Fiziev rossiyalik Islam Maxachev (26-1) va Arman Tsarukyan (22-3) o‘rtasidagi ehtimoliy revansh haqida gapirdi .

“Men har doim aytgardim: bu jangda hammasi Arman foydasiga 60-40 bo‘ladi, deb. Lekin keyinchalik Islam uslubini yaxshiladi, "stoyka" da ham qanday kurashishni o‘rgandi. Maxachevning oxirgi ikki jangini  kuzatgach, fikrim o‘zgardi. Endi men imkoniyatlarni 50/50 baholayman”, - dedi Fiziev You Tube dagi "Submission Radio" kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Tsarukyan o‘rtasidagi birinchi jang 2019 yil aprel oyida "UFC Fight Night 149"  musobaqasida bo‘lib o‘tgan va unda Islam hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Yunusov Bahrom
28/11/2024 17:34
Oldin Qirg'iziston nomidan chiqqan hozir Ozarbayjon nomidan tushyapti