Rafael Leauga ingliz grandi da'vogarlik qilmoqda
"Milan" yetakchisi Rafael Leau faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Xabarlar ko‘ra, portugalialik yarim himoyachining xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbada yozilishicha, "aristokratlar" Leauning vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Italyan klubi o‘z yulduzi uchun 75-80 million yevro talab qilmoqda. Vinger "kanonirlar"ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Futbolchining "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. Nufuzli "Transfermarkt" portali uni 70 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli hujumchi joriy mavsumda umumiy 20ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar