Rafael Nadal yana terma jamoaga yordam berdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya va Urugvay terma jamoalari Avstraliyada o‘tayotgan "ATP Cup" turnirining guruh bosqichi ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi.

Unda Roberto Bautista-Agut yakkalik bahslarining ilk davrasida Franko Ronkadellini 6:1, 6:2 hisobida engdi.

Ikkinchi uchrashuvda dunyoning eng kuchli tennischisi Rafael Nadal esa Pablo Kuevasni 6:2, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, Ispaniya va Urugvay terma jamoalari uchrashuvi 2:0 hisobida yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!