
Rafinya Niko Uilyamsning "Barselona"ga kelishiga jiddiy munosabat bildirdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Rafinya ehtimoliy yangi transfer — Niko Uilyams borasida fikr bildirdi.
"Niko — yuqori saviyadagi o‘yinchi. Shu bois, klub uni olib kelmoqchi bo‘layotgani ajablanarli emas. U hozirning o‘zida Ispaniya terma jamoasi futbolchisi. Biz jamoaga foyda keltiradigan har qanday o‘yinchini mamnuniyat bilan qarshi olamiz" — dedi Rafinya "Globo" nashriga bergan intervyusida.
2023/24 yilgi mavsumda Niko Uilyams La Liganing 29 ta uchrashuvida ishtirok etib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga ulgurdi.
Ma’lumot o‘rnida, Transfermarkt portali 21 yoshli vingerning bozor qiymati 70 million evro deb baholamoqda.
Fikrlar