
Rafinya Ronaldu qilgan ishni takrorladi
Evropa Chempionlar ligasi yarim finalida “Inter” futbolchilari “Barselona”ni musobaqadan chiqarib yubordi. Bu jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuvda ham 3:3 hisobida durang qayd etildi.
G‘olibni aniqlash uchun belgilangan qo‘shimcha vaqtda Italiya chempionlari kataloniyaliklar darvozasini ishg‘ol qilib, finalga yo‘l oldi.
Uchrashuvda “Barselona”ning braziliyalik legioneri Rafinya samaradorlik bo‘yicha Krishtianu Ronaldu rekordini takrorladi.
Bellashuvda kataloniyaliklarning uchinchi to‘pini kiritgan 28 yoshli futbolchi “gol+pas” tizimida 21 ball to‘pladi. Rafinya qit’aning eng nufuzli musobaqasida 12 ta gol va 9 ta assist qayd etdi.
Xuddi shu natijani 2013-2014 yilgi mavsumda “Real” sharafini himoya qilgan Krishtianu Ronaldu ko‘rsatgan edi. Biroq portugaliyalik yulduz 17 ta gol va to‘rtta assist orqali umumiy 21 ball jamg‘argan.
“Barselona” musobaqadagi yurishini to‘tatgani bois, Rafinya samaradorlik bo‘yicha Evropa Chempionlar ligasining mutlaq rekordini o‘rnatish imkoniyatidan mosuvo bo‘ldi.
Fikrlar