Rafinya: To‘qqiztadan to‘qqizta!
«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias yangi mavsumdagi La Ligada jamoasining ilk golini urdi. Braziliyalik futbolchi 14-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, «Elche» darvozasini ishgʻol etdi.
Opta maʼlumotlariga koʻra, 29 yoshli Rafinya 2022 yilda «Barselona»ga kelganidan beri jamoa safida penaltidan hali biror marta adashmagan. U kataloniyaliklar tarkibida barcha toʻqqizta penaltini golga aylantirgan.
Futbolchining penaltidan oxirgi marta noaniq zarba berganiga qariyb yetti yil boʻldi. Uning «nuqta»dan soʻnggi marta yoʻl qoʻygan xatosi 2017 yil dekabrida, Portugaliya chempionati doirasida «Vitoria Gimaraynsh» safida maydonga tushgan uchrashuvda qayd etilgan.
«Elche» – «Barselona» uchrashuvining ikkinchi boʻlimida braziliyalik futbolchi dubl qayd etdi. Umumiy hisobda esa, chempion jamoa mezbonlar darvozasiga javobsiz beshta toʻp kiritdi.

Fikrlar