"Chelsi" futbolchisi Londonning boshqa klubiga ko'chib o'tishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Rahim Sterling faoliyatini Londonning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, angliyalik futbolchi Angliya Premier-ligasida qolishni istamoqda. Futbolchining xizmatlariga "Vest Xem" va "Kristal Pelas" klublari qiziqish bildirmoqda. Katta ehtimol bilan yozda futbolchi "aristokratlar"ni tark etadi. Sterlingning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Uning "ko‘klar"dagi maoshi haftasiga 350 ming funt sterlingni tashkil qiladi. Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi 2022 yilda "Manchester Siti"dan 56 million yevro evaziga "Chelsi" safiga kelib qo‘shilgan edi. Ayni vaqtda Sterling asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarda ham ishtirok etgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli futbolchi joriy mavsumda birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q.
Fikrlar