
Rakitich APL jamoasi taklifini ko‘rib chiqmoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Berilgan ma’umotlarga ko‘ra 30 yoshli xorvatiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ayni damda Rakitich mankuanliklarning bu boradagi takliflarini o‘rganib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida jami 55ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar