Ramazon Temirovning UFCdagi debyutiga qancha vaqt qoldi?
O‘zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Ramazon Temirov UFC bilan shartnoma imzolaganini xabar bergan edik.
Bunga qadar Rizin ligasida jang o‘tkazib kelayotgan vakilimiz dunyoning eng nufuzli promoushenida 12 oktyabr kuni debyut qiladi. Uning raqibi amerikalik Si Jey Vergara bo‘ladi. Mazkur bahs AQShda, "UFC Fight Night 244'' turnirida o‘tkaziladi.
Malumot uchun, Si Jey Vergara faoliyati davomida 18 ta jang o‘tkazib, 12 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan. UFC da esa 6 ta jang o‘tkazgan amerikalikning 7-raqibi Temirov bo‘ladi.
Fikrlar