
Ramos "el-klasiko"ni jarohat bilan o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
“Real” Madrid klubi himoyachisi Serxio Ramos kecha “Barselona”ga (0:0) qarshi o‘yin avvalida jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.
33 yoshli ispaniyalik futbolchi “el-klasiko”ning ilk daqiqalarida chap to‘pig‘ini qayrib olgan. Ammo, jarohat olganiga qaramay o‘yinni davom ettirgan. O‘yin yakunlangach u oqsoqlangancha maydonni tark etgan.
Ma’lumot uchun, Ramos joriy mavsum “Real” safida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar