
Ramos gol urgan o‘yinda PSJ yirik g‘alabani tantana qildi
Frantsiya chempionati 22-turidan o‘rin olgan PSJ - "Reyms" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda parijliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Parij klubi tarkibida Veratti, Ramos va Danilu gol urdi. Shuningdek, Vaut Fas o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.
Ayni vaqtda Pochettino shogirdlari 53 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 24 ochkosi bor "Reyms" 14-o‘rinni band etgan.
Fikrlar