Ramos ketish oldidan jim turishni xohlamadi

  • 17 iyun, 2021, 19:09
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, "Real" Madrid sardori Serxio Ramos rasman erkin agent maqomida "qirollik klubi"ni tark etdi. Ispaniyalik himoyachi madridliklar safidan ketishi haqida gapirdi.

"Hech qachon  "Real"ni tark etishni xohlamaganman, doim shu erda o‘ynashni istaganman. Jamoa menga 1 yillik shartnoma va kamroq maosh taklif qildi. Men esa oilam va o‘zim uchun ikki yillik bitim xohladim. 

Keyinchalik menga taklif yo‘qligi va vaqt tuganligini aytishdi. Men allaqachon taklifni qabul qilishga tayyor edim, u hali ham amal qiladi deb o‘yladim, biroq ular kech bo‘lganligini ma’lum qilishdi. 

Klub prezidenti Florentino Peres bilan doim aloqalarimiz ota va o‘g‘il kabi yaxshi bo‘lgan. Ammo barcha oilada yaxshi hamda yomon kunlar bo‘ladi.  Bu erda 16 yillik ijobiy xotiralarim qoldi", - dedi futbolchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!