Ramos Modrich haqida: "Futbolni san’at darajasiga ko‘targan daho"

  • 23.05.2025 13:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid"ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos Luka Modrichning jamoa bilan xayrlashishiga munosabat bildirdi: 
 
"Futbolni san’at darajasiga ko‘targan daho, do‘st. Birodar "Real" bilan vidolashmoqda. U "Real" muxlislari stadionlarni to‘ldirib tomosha qiladigan, butun dunyo har o‘yinda ekranlar qarshisida hayajon bilan kuzatadigan futbolchilardan biri. Ajoyib o‘yinchi, ajoyib futbol mahorati va insoniy fazilatlar sohibi, men faxrlanib do‘stim deb ataydigan insonlardan biri. 
 
"Bernabeu" projektorlari endi hech qachon seni maydonda ko‘rsatish uchun yonmaydi, biroq sen eng buyuk futbolchilar qatorida "Real" tarixi sahifalarida abadiy qolasan"
- deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik futbolchi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 39 yoshli xavbek ertaga La Liga doirasidagi so‘nggi turda "Real Sosedad"ga qarshi so‘nggi uchrashuvida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!