Ramos "Real"dan ketmoqchi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos jamoadan ketish haqida o‘ylay boshladi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi”ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklari 33 yoshli ispaniyalik futbolchining shunday qarorga kelishga undagan. Aytish kerakki, tajribali futbolchiga "Manchester Yunayted" va PSJ kabi jamoalardan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, “Real” joriy mavsum La Ligani 3-o‘rinda yakunladi, Chempionlar ligasida esa nimchorak finaldayoq musobaqadan chiqib ketdi. Ispaniya kubogi yarim finalida ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Fikrlar