Ramos “Real”ni “sotdimi”?

  • 16 aprel, 2021, 16:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” rahbariyati jamoa sardori Serxio Ramos anchadan beri yangi shartnoma bo‘yicha barcha takliflarni rad etib kelinayotganini inobatga olib, uning boshqa klub bilan yaxshiroq shartlar asosida kelishib qo‘yganini gumon qilmoqda.

Shu bois, Madrid klubidagilar 34 yoshli futbolchining mavsum yakunlanishi bilan jamoani tark etishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

35 yoshli Ramos joriy mavsumda “Real” uchun barcha turnirlarda 20 ta uchrashuv o‘tkazdi va to‘rtta gol urib, bitta golga assistentlik qildi.

Ramosning “Qirollik klubi” bilan amaldagi kelishuvi 30 iyunda o‘z nihoyasiga etadi. Agar madridliklar himoyachini yangi bitimga ko‘ndira olmasa, Ramos yangi klubga erkin agent sifatida bepul o‘tib ketadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!