Ramos "Sevilya"ning evrokuboklarsiz qolib ketgani haqida: "Bu aqldan ozishning o‘zginasi..."

  • 13 dekabr, 2023, 03:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Lans" - "Sevilya" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda frantsuzlar 2:1 hisobida zafar quchdi. 

Uchrashuvdan so‘ng ispan klubi etakchisi Serxio Ramos o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Turnirni tark etganimizdan juda xafamiz. Bizda g‘alaba qozonish va Evropa ligasida ishtirok etish imkoniyati mavjud edi. Shunga qaramay, yorqin o‘yin namoyish etdik, deya olaman. 

Maydonda 3 ochko uchun borimizni berdik. Ammo har doim ham barchasi siz istagandek bo‘lavermaydi. 

Bizga qarshi penalti berilgan vaziyat uchun xayron qoldim, ochig‘i. Bu aqldan ozishning o‘zginasi. Nimaga hakam VARga murojaat qilmaganini bellashuv vaqtida ham so‘radik. Biroq tayinli javob ola bilmadik. 

Muhim uchrashuvlarda mayda-chuyda ko‘ringan narsalar katta ishlarni hal qilib ketadi. Shu bois, men VAR tarafdori bo‘lganman. Boisi, texnologiyalar hakamlarimiz ishini engillashtirib beradi", - dedi ispaniyalik tirik afsona.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!