Ramos va Peres dushanba kuni chiqish qiladi
"Real" himoyachisi Serxio Ramos jamoa prezidenti Florentino Peres bilan muzokara o‘tkazmoqda va dushanba kuni tafsilotlar ma’lum qilinishi kutilmoqda.
"Qaymoqranglilar" sardorining 2021 yilning iyuniga qadar amal qiluvchi shartnomasi bor. Madrid klubi futbolchining vakillari bilan bir necha hafta oldin, muzokaralarni boshlab yuborgan.
Klub OAVda tarqalgan bir necha ma’lumotlarni haqiqatdan yiroq, deb aytmoqda.
16 noyabr kuni "Real"ning yig‘inlarida tanaffus yuzaga kelganidan foydalanib, mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida Florentino Peres va Serxio Ramos jamoatchilik oldida chiqish qilishi kutilmoqda.
"Qirollik klubi" himoyachining maoshini oshirmagan holda, bitimni 2023 yilgacha uzaytirmoqchi. Avvalroq, futbolchi jamoani tark etish ehtimoli 80 foizga baholanayotgandi. PSJ Ispaniya terma jamoasi a’zosini qo‘lga kiritishga tayyor turgani haqida ham xabar bergan edik.

Fikrlar