
Rangnik: Yanvarda uchta superto‘purardan yuz o‘girgandik!
“Manchester Yunayted”ni Chempionlar ligasiga olib chiqolmagan Ralf Rangnik klub qishki transferlar vaqtida uch hujumchining transferini uddalay olmaganini oshkor qildi.
Qishda hujumchi kuchaytirish uchun aniq variantlar bo‘lgandi. Men ulardan uchtasini aytaman. Luis Dias hozir “Liverpul”da o‘ynayapti. Xulian Alvares yozda “Manchester Siti”ga qo‘shiladi. Dushan Vlaxovichni ham qo‘ldan chiqardik, - dedi Ralf Rangnik.
Manchesterliklarda “Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlaxovichni olish imkoni bo‘lgan. Biroq, bu transfer amalga oshmadi va serbiyalik to‘purar “Yuventus” taklifini qabul qildi. Dushan turinliklar tarixidagi eng qimmat to‘rtinchi futbolchi sifatida qayd etildi.
Fikrlar