Rangnik bu transferga rozi bo‘ladimi?

  • 20.01.2022 15:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted”da o‘z o‘rnini topa olmagan Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Donni van de Bek A Seriya grandlari – “Yuventus” va “Inter” nishoniga tushdi.

Har ikki klub iste’dodli pleymeykerni yanvar oyidayoq o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Manchesterga kelganidan beri asosiy tarkibga kira olmayotgan 24 yoshli futbolchi ham tezroq ketishni istamoqda. Avvaliga Ule-Gunner Sulsher davrida o‘zini ko‘rsata olmagan Donni van de Bek  yangi bosh murabbiy Ralf Rangnikning ham e’tiborini qozona olmadi.

Uning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha imzolangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!