Rangnik shokda. U “Manchester Yunayted”ning qo‘lidan bir ish kelishiga ishonmayapti!

  • 9 yanvar, 2022, 16:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ni vaqtinchalik boshqarayotgan Ralf Rangnik jamoada yuzaga kelgan murakkab vaziyatga echim topa olmayapti.

Tecno

Daily Mail nashri germaniyalik mutaxassis ayrim yulduzlarning ahvoli tobora pastga qarab ketayotganidan hayratga tushayotgani haqida yozdi. Shuningdek, Rangnik bu futbolchilar bilan mavsum oxirida kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga ham ishonmay qo‘ydi.

Rangnik va uning murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoni tayyorgarligi kutilganidan ancha past ekanini ta’kidlamoqda.

Bundan tashqari, “Manchester Yunayted” futbolchilari Ralf Rangnikning g‘oyalarini qabul qilishni istamayapti, unga ishonmayapti va germaniyalik mutaxassis qo‘llayotgan metodlarga bo‘ysungisi kelmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!