Rangnik yulduz hujumchining MYudan ketishiga rozi bo‘ldi
“ManchesterYunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik klub tarbiyalanuvchisi Markus Reshfordning jamoadan ketishiga qarshilik qilmaydigan bo‘ldi.
24 yoshli yulduz keyingi paytda asosiy tarkibga kirishga qiynalmoqda va o‘yin amaliyotining kamayib ketgani ta’sirida Angliya terma jamoasidagi joyini ham yo‘qotdi.
Rangnik esa manchesterlik muxlislarning yoqimtoyiga aylanib qolgan Markusdan mashg‘ulotlar va rasmiy uchrashuvda ko‘proq muhnat qilishni talab etmoqda.
Markus Reshfordga Evropaning bir necha grand klublaridan taklif bo‘layotgani uning yozda boshqa jamoaga o‘tib ketish imkoniyatini kengaytiradi. Rangnik esa, bu o‘yinchining ketishiga qarshilik qilmaydigan bo‘ldi.



Fikrlar