
Raqib "Bavariya"ni "uyg‘otib" yubordi
Germaniya Bundesliganing 23-turida “Bavariya” o‘z maydonida “Groyter Fyurt” klubini qabul qildi.
Ushbu bahsda maydon egalari yaqqol ustunlik bilan raqibini mag‘lub etdi. Mehmonlar a’zosi Branimir Xrgota bo‘lim oxirlarida hisobni ochdi va tanaffusga 0:1 hisobida chiqib ketdilar.
Ikkinchi bo‘limda esa “Bavariya”ni to‘xtatishning imkoni topilmadi. Robert Levandovski dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Grisbek avtogoli bilan “Bavariya”ga yordamlashib yubordi. O‘yinga nuqta qo‘ygan golni esa Shupo Moting kiritdi. Yakuniy hisob 4:1.
Fikrlar