Raqibini nokautga uchratgan "Humo" xokkeychisi faoliyatini qaysi jamoada davom ettiradi?

CHERY AUTO

"Humo" jamoasi himoyachisi Igor Merejko faoliyatini Tyumenning "Rubin" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda Oliy xokkey ligasi rasmiy sayti xabar tarqatdi. Kelishuv qancha muddatga mo‘ljallangani ochiqlab o‘tilmagan.

Tecno

O‘tgan mavsum, Merejko "qanotlilar" safida 54 bahsda ishtirok etdi va 1 ta gol kiritib, 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Ukraina terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Igor Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra ramziy terma jamoadan ham o‘rin olgan edi.

Toshkentlik muxlislar esa uni Oliy xokkey ligasi pley-off bosqichi 1/8 finalida "Toros" a’zosi Andrey Bannikovga qarshi kechgan jangi orqali yaxshi bilishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!