Raqiblar “Barsa” ustidan kulyapti
Ispaniya chempionatida “Barselona”dan ochko tortib olgan “Kadis” muxlislari uchrashuvdan so‘ng Kataloniya ustidan kuldi.
Kadis shahridagi “Ramon de Karransa” stadionida o‘tkazilgan uchrashuvda hisob ochilmadi. Bellashuvdan keyin kadislik ishqibozlari “Leo Messi qani endi?”, degan qo‘shiqni baralla kuylay boshladi.
“Barselona” Ispaniya chempionatining beshta uchrashuvidan uchtasida durang o‘ynadi. “Atletik”, “Granada” va “Kadis” Ronald Kuman shogirdlaridan ochko tortib oldi.
Jamoa hozircha to‘qqiz ochko bilan, ettinchi o‘rinda bormoqda. Agar Ronald Kuman vaziyatni o‘zgartira olmasa o‘z o‘rnini boshqa mutaxassisga bo‘shatib beradi. Ayni paytda kataloniyaliklar yangi murabbiy tanlash bilan mashg‘ul.

Fikrlar