Rasman! Abbos Otaxonov rasman legionerga aylandi

  • 23 iyul, 2024, 16:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi Abbos Otaxonov rasman legionerga aylandi. Futbolchi Tailand chempionatining eng nomdor jamoalaridan biri "Muangtong Yunayted" safiga ko‘chib o‘tdi. Bu habarni tailandliklar ham o‘z rasmiy sahifalari orqali tasdiqladi. Kelishuvning qolgan tafsilotlari keyinchalik ma’lum qilinishi aytilmoqda. 
Abbos Otaxonovning so‘ngi klubi Bekobodning "Metallurg" jamoasi bo‘lgan edi. U mavsum boshida bekobodliklar safiga ko‘chib o‘tgan edi. Otaxonov "Metallurg" tarkibidagi faoliyati davomida Superligada 95 ta o‘yinda maydonga chiqib, 3 ta gol kiritgan va 19 marta ogohlantirilgan.

O‘zbekiston kubogi bahslarida esa, 10 ta o‘yinda maydonga chiqib, 2 ta gol urib, 3 marta sariq kartochka bilan jazolangan.  Biz ham futbolchiga xorijdagi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!