Rasman: Aleks Perreyra chempionlik kamaridan voz kechdi

  • 28.02.2026 10:47
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Ayni kunlarda braziliyalik UFC jangchisi Aleks Perreyra og‘ir vaznga o‘tishi haqida xabarlar tarqalayotgandi. Bugun "Poatan" yarim og‘ir vazndagi chempionlik kamaridan voz kechgani ma’lum bo‘ldi. 

UFC esa vakant kamar uchun chexiyalik Irji Prochazka va yangi zelandiyalik Karlos Ul’berg o‘rtasida jang tashkil qilinishini rasmiy e’lon qildi. Ushbu to‘qnashuv 11 aprel kuni Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 327" turnirida o‘tkazilishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, Ul’berg (14-1) to‘qqiz jangdan iborat g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda va yarim og‘ir vazn toifasidagi reytingda uchinchi o‘rnini egallab turibdi. U 2025 yil sentabr oyida "UFC Fight Night 260" oqshomida Dominik Reyesni nokautga uchratgandi.

Chexiyalik Irji Prohazka esa hozirda ikkita jangdan iborat g‘alaba seriya qayd etmoqda. U professional MMAdа 32 ta g‘alabasi, 5 ta mag‘lubiyati va 1 ta durang qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!