Rasman. Alvaro Morata - "Komo" futbolchisi!
"Milan" hujumchisi Alvaro Morata rasman "Komo" futbolchisiga aylandi. Kelishuv ijara asosida 2025/26 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi va uni to‘liq sotib olish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi.
O‘tgan mavsumning birinchi yarmida ispaniyalik forvard "Milan" safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golga uzatma berdi. Qishda esa u Turkiyaning "Galatasaray" klubiga o‘tib, 16 ta bahsda 7 ta gol va 3 ta golli pas qayd etdi.
OAVdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Morata "Galatasaray" mashg‘ulotlarini boykot qilgan va bu orqali "Komo"ga tezroq o‘tishni maqsad qilgan edi.



Fikrlar