Rasman. "An-Nasr" "Bavariya" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi!

  • 16.08.2025 01:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Saudiyaning "An-Nasr" klubi 29 yoshli hujumkor yarim himoyachi Kingsli Koman transferi haqida e’lon qildi. Bu jamoa safida Krishtianu Ronaldu ham to‘p surmoqda.

Avvalroq "Bavariya" futbolchini bonuslar bilan qo‘shib, 35 million evro evaziga sotishi ma’lum qilingan edi.

Koman 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Uning mavsumlik maoshi 20–25 million evroni tashkil qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, frantsiyalik hujumchi Bundesliga grandi safida 339 ta bellashuvda maydonga tushib, 72 ta gol urdi va 71 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

6dbddf3ce451cadf0c5391ffe7d4f.jpeg?f=webp&q=90&s=2x&w=730

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!